Prezident Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etishni taklif qildi. «Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. U mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.
Prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.
Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.
Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi loyihasiga ko‘ra, maqbara yaqinida 8 ming o‘rinli masjid bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora, ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting